GIYOHVANDLIK VA TOKSIKOMANIYANI BARVAQT OLDINI OLISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILDI

GIYOHVANDLIK VA TOKSIKOMANIYANI BARVAQT OLDINI OLISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILDI

Prezidentning 06.04.2024yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-73-sonli farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024–2028 yillarga moʻljallangan milliy strategiya tasdiqlandi. Strategiya doirasida quyidagi maqsadlarga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning vazifasi etib belgilandi:
Farmon bilan Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasi  va uning hududiy komissiyalari tarkiblari ham tasdiqlandi. Ularga Milliy strategiyaning toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish vazifalari yuklangan.
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy aхborot-tahlil markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi etib qayta tashkil etildi. Hujjat bilan uning struktrurasi belgilangan va Milliy markaz:
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
19-06-2024, 10:26
Sahifaga qaytish