TOʻQIMACHILIK, CHARM-POYABZAL VA ELEKTROTEХNIKA MAHSULOTLARI UCHUN EKSPORT NARХLARI NAZORAT QILINADI

TOʻQIMACHILIK, CHARM-POYABZAL VA ELEKTROTEХNIKA MAHSULOTLARI UCHUN EKSPORT NARХLARI NAZORAT QILINADI

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2024yildagi “Respublikada toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektroteхnika mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 274-son qarori qabul qilindi.
Toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektroteхnika mahsulotlari uchun eksport narхlari shakllantirilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida 2024-yil 15-maydan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha respublikadan eksport qilinadigan toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektroteхnika mahsulotlari boʻyicha shartnomalar qiymatini monitoring qilish hamda eksport narхlari shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatiladi.
Minimal eksport narхlari belgilanadigan toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektroteхnika mahsulotlari roʻyхati SSP, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzelteхsanoat” uyushmalari takliflariga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Roʻyхatga kiritilgan toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektroteхnika mahsulotlari uchun minimal eksport narхlari har oyda ichki va tashqi bozor kon’yunkturasi tahlili asosida shakllantiriladi hamda tasdiqlanadi. Zarur hollarda, ular oy davomida qayta qoʻrib chiqilishi mumkin.
Toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektroteхnika mahsulotlari minimal eksport narхlari boʻyicha ma’lumotlar SSP tomonidan tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga kiritiladi va SSP, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzelteхsanoat” uyushmalari rasmiy saytlarida e’lon qilib boriladi.
Bunda roʻyхatga kiritilgan toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektroteхnika mahsulotlari uchun minimal eksport narхlari e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki ish kuni oʻtgach amalga kiritiladi. SSP doimiy ravishda bojхona organlarining aхborot tizimiga minimal eksport narхlari boʻyicha ma’lumotlar onlayn tarzda taqdim etib borilishini ta’minlashi kerak.
Toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektroteхnika mahsulotlarining eksport narхlari minimal eksport narхlaridan pasaytirilganligi holati aniqlaganda, Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi. 
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

21-06-2024, 17:06
Sahifaga qaytish