Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining yigʻilishi doirasida 26 mlrd AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
Kelishuvlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hujjat bilan:
- Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan investitsiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
- Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
- Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.