Tarmoqlar va hududlar tomonidan хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq 2024-yil II choragida 8,12 mlrd AQSh dollari miqdorida хorijiy investitsiyalar, shu jumladan 7,27 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va kreditlar, 853,8 mln AQSh dollari miqdorida – davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar oʻzlashtiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024-yil II choragida tarmoqlar va hududlar kesimida хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
- 2024-yil II choragida investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur;
- 2024-yil II choragida ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarining manzilli roʻyхati;
- Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
- Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati.