“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI BAHOLASH MEХANIZMI TAKOMILLASHTIRILADI

“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI BAHOLASH MEХANIZMI TAKOMILLASHTIRILADI

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda mahalla raisining ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 292-sonli qarori imzolandi.
Prezidentning “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq “mahalla yettiligi”ning faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholanadi.
KPI koʻrsatkichlari mazkur хodimlarning ish beruvchilari tomonidan Uyushma bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunda mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori faoliyatini baholashda ularga 20 foiz ball berishga haqli.
“Mahalla yettiligi” a’zolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib boriladi.
“Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati ularning har oylik ish rejalari asosida amalga oshiriladi. Yettilikning har bir a’zosiga ustuvor tadbirlar va vazifalar ajratiladi.
Bir oy muddatda “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash metodikasi qayta ishlab chiqiladi. Bunda:
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
21-06-2024, 17:15
Sahifaga qaytish