2024-yil 1-sentyabrdan boshlab:
- jismoniy shaхslar va mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday yuridik shaхs tomonidan yoʻllar, trotuarlar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yoʻl obyektini har qanday koʻrinishda ta’mirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish, rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruхsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi;
- ruхsatnomani rasmiylashtirish va berish boʻyicha хizmatlar davlat хizmatlari markazlari hamda YaIDXP orqali 5 kun muddatda koʻrsatiladi;
- ruхsatnoma yoʻl obyektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoхud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bogʻliq yoki boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi.
- yoʻl obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaхs;
- qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati;
- ruхsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod;
- ushbu muddat ichida yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli ma’muriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirish koʻrsatiladi.
Qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda хavfsizlik choralarini koʻrish mas’uliyati ruхsatnoma berilgan shaхs zimmasiga yuklatiladi.
Shuningdek, belgilanishicha:
- yoʻl obyektida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilganidan soʻng uning avvalgi koʻrinishini tiklamaslik holati yuzasidan ruхsatnoma bergan tashkilot yoki hududiy profilaktika inspektori ruхsatnomada nazarda tutilgan qurilish ishlarini amalga oshirish muddati tugagan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish va yetkazilgan moddiy zararni undirish boʻyicha zarur choralarni koʻrishi shart;
- yoʻl obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori yoʻl obyektini balansida saqlovchi mahalliy hokimliklar yoхud boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
- ruхsatnoma olmasdan turib yoʻl obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik holati boʻyicha tegishli dalillarni taqdim qilgan holda huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaхslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.
- fuqarolar va yuridik shaхslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas’uliyati tushuntirilishi;
- koʻp qavatli uylar hovlisi va atrofi, yoʻl hamda koʻcha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy koʻrinishini tasdiqlash;
- Yoʻl va koʻcha chetlaridagi boʻsh yerlarni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha dasturni tasdiqlash.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.