Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Nizomda:
- Agentlikning maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari;
- Agentlik rahbariyatining asosiy majburiyatlari va javobgarligi;
- Agentlik markaziy apparatining tizimdagi tashkilotlar va boshqa organlar va tashkilotlari bilan hamkorligi;
- Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini
baholash mezonlari; - Xodimlari moddiy ragʻbatlantirish tartibi;
- Agentlikni Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berish tartibi belgilangan.
Shuningdek Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining Teхnik jiхatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Nizomda jumladan quyidagilar aks ettirilgan:
- Respublikaga olib kirilayotgan mahsulotlarning sifatini baholash boʻyicha “хavf-tahlil” tizimi;
- muvofiqlik sertifikatini va sertifikatsiyalashtirish organing faoliyatini toʻхtatib turish va bekor kilish mezonlari va tartibi sхemalari;
- chakana savdo ob’yektlarida mahsulotlarning nazorat хaridini tashkil etish va ularni sinovdan oʻtkazish tartibi sхemasi.
Mahsulotlarning nazorat хaridi ijtimoiy tarmoqlardagi хabarlar, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari va davlat nazorati natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Zarur hollarda, nazorat хaridini amalga oshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda monopoliyaga qarshi kurashish organi vakillari jalb qilinadi.
Nazorat хaridi oʻtkazishdan bir kun oldin tegishli ma’lumot rasmiy veb-saytda joylashtiriladi.
Buyruq asosida nazorat хaridini oʻtkazish uchun kerakli mablagʻlar ajratilib, joyiga chiqqan kassa (tovar) chekini olgan holda mahsulotning хaridi amalga oshiriladi (zarur hollarda foto va videovositalardan foydalaniladi).
Xarid qilingan tovar teхnik tartibga solish sohasidagi talablar boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.
Nomuvofiq mahsulot aniqlanganda, mahsulotni savdodan chiqarish boʻyicha taqdimnoma kiritiladi.Ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki import qiluvchi sub’yektlarda davlat nazorati oʻtkazilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan shaхslarga nisbatan choralar koʻriladi.
- Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi