QOʻQON" EIZ HUDUDI KENGAYTIRILMOQDA

QOʻQON" EIZ HUDUDI KENGAYTIRILMOQDA

Prezidentning 10.07.2024 yildagi "Qoʻqon" erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-250-sonli qarori qabul qilindi.

"Qoʻqon" EIZ hududini kengaytirish, Fargʻona viloyatida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun Fargʻona viloyati Quvasoy shahar hokimligi zahirasiga kiritilgan 210,4 gektar yer qishloq хoʻjaligi yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilmoqda.

Fargʻona viloyati hokimligiga Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda "Qoʻqon" EIZning kengaytirilayotgan hududi bosh rejasini ishlab chiqish topshirildi.

"Qoʻqon" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi UK bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi. Bosh reja loyihasini ishlab chiquvchi loyiha tashkiloti esa tender (tanlov) savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.

Uch yil davomida "Qoʻqon" EIZ uchun ajratilgan qishloq хoʻjaligi maqsadlaridagi sugʻoriladigan yer uchastkalari oʻrniga yangi yerlarni sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazish uchun har yili teng ulushlarda oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda.

2026 yil oхirigacha "Qoʻqon" EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni oʻzlashtirish, 11,7 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish, yiliga 965 mln AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, shundan 313,6 mln AQSh dollari miqdorida mahsulotni eksport qilish lozim.

"Qoʻqon" EIZning kengaytirilayotgan hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali bosqichma-bosqich ajratiladi.

Urganch  shahar   adliya  bo’limi  yuridik   xizmat  ko’rsatish markazi

 

10-09-2024, 16:04
Sahifaga qaytish