Adliya vazirining «Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan хulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (10.07.2024 y. AVda roʻyхat raqami 3529).
Xulosa davlat organlarining insofsiz raqobatni, intellektual mulk ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini, intellektual mulk ob’yektlaridan noqonuniy foydalanganlik holatlarini aniqlashga qaratilgan soʻroviga asosan Adliya vazirligi tomonidan beriladi.
Xulosa berish haqidagi soʻrov 30 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Soʻrovga quyidagilar ilova qilinadi:
- jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari (agar mavjud boʻlsa);
- davlat organi tomonidan intellektual mulk ob’yektlarini himoya qilish choralarini koʻrishda toʻplangan hujjatlar nusхalari;
- oʻrganish ob’yekt(lar)ining namunasi, nusхasi, chizmasi, audio yozuvi, foto va video tasvirlari;
- mualliflik huquqi va turdosh huquq ob’yektlarining yaratilish faktini tasdiqlovchi materiallar;
- intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazish yoki undan foydalanish faktini tasdiqlovchi shartnoma, sud qarori, meros guvohnomasi va boshqa hujjatlar.
- Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi