OʻZDJTU QOSHIDA PEDAGOGLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI TASHKIL ETILADI.

OʻZDJTU QOSHIDA PEDAGOGLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI TASHKIL ETILADI.

Vazirlar Mahkamasining 11.07.2024 yildagi  "Oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-415-sonli qarori qabul qilindi.

Prezidentning 03.07.2023 yildagi PQ-200-sonli qarori bilan Bosh ilmiy-metodik markaz Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti deb qayta nomlandi.

Hujjat bilan Institutning asosiy vazifalari belgilandi:

Institutning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, vazirlik tashabbusi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi ham tashkil etiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Markazda pedagoglar uchun "Filologiya va tillarni oʻrganish", "Xorijiy til va adabiyot", "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" mutaхassisliklari boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

11-09-2024, 11:35
Sahifaga qaytish