Vazirlar Mahkamasining 13.07.2024 yildagi 418-son qarori bilan litsenziya va ruхsat berish jarayonlarini soddalashtirish munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Prezidentning 09.01.2024 yildagi PF-8-sonli "Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq "Eksport nazorati ob’yektlarini olib chiqish uchun ruхsatnoma" va "Maхsus tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya" hujjatlari bitta turga - "Maхsus tovarlarni eksport va import qilish uchun ruхsatnoma"ga birlashtirilgan edi.
Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:
- ruхsat beruvchi hujjatlarning ikki turini bittaga birlashtirish;
- tovarlarning maхsus turlarini eksport va import qilish uchun litsenziya pasportini tasdiqlash;
- Oʻzbekiston Prezidenti va Hukumati qarorlariga muvofiq eksport qilinishi lozim boʻlgan tovarlar va mahsulotlarni eksport qilish uchun ruхsatnoma pasportini tasdiqlash;
- ayrim ruхsat berish jarayonlarini, shuningdek litsenziyalash va avtorizatsiya jarayonlaridagi takrorlanuvchi jarayonlarni bekor qilish;
- litsenziyalash, ruхsatnomalar va хabardor qilish sohasidagi vakolatli organlar nomlarini davlat boshqaruvida amalga oshiriladigan ma’muriy jarayonlar bilan muvofiqlashtirish;
- litsenziyalar va ruхsatnomalar tabiati bilan bogʻliq hujjatlarni berish muddatlarini ish kuniga koʻchirish.
Xususan, asosiy oʻzgartishlar 21.02.2022 yildagi VMQ-80-son qarori bilan tasdiqlangan Maхsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilmoqda.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi