TOSHKENTDA AMERIKA TEХNOLOGIYA UNIVERSITETI OCHILMOQDA

TOSHKENTDA AMERIKA TEХNOLOGIYA UNIVERSITETI OCHILMOQDA

Prezidentning 17.07.2024 yildagi "Toshkent shahrida Amerika teхnologiya universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-261-sonli qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, 2023 yil sentyabrda Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti (AQSh) va "Cintana Education" kompaniyasi (AQSh) oʻrtasida Toshkent shahrida Amerika teхnologiya universitetini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzolangan. Uning asosiy yoʻnalishlari:

Universitet - toʻliq akademik va tashkiliy-moliyaviy mustaqillikka ega boʻlgan nodavlat oliy oʻquv yurti boʻlib, oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiradi.

Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universiteti yoki AQShda tan olinadigan hamkor хorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilпan diplom Oʻzbekiston hududida tan olinadi.

"Cintana Education" kompaniyasi (AQSh) Universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2024-2030 yillarda 30 mln AQSh dollari, 2030-2035 yillarda 20 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini oladi.

Hujjat bilan Toshkentdagi Amerika teхnologiya universiteti faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Boshqaruv kengashi tarkibi tasdiqlandi.
 
Urganch   shahar  adliya  bo’limi   yuridik  xizmat  ko’rsatish markazi

11-09-2024, 11:40
Sahifaga qaytish