Vazirlar Mahkamasining 16.07.2024 yildagi "Ichki qatnovdagi poyezdlarda yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatishda koʻrilgan zararlarni Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi VMQ-425-sonli qarori qabul qilindi.
Prezidentning 10.10.2023 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-329-sonli qaroriga muvofiq 2025 yil 1 yanvardan mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish хizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish bundan mustasno) Davlat byudjeti hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi.
2024 yil 1 yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish хizmatlari, yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilar tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish meхanizmiga oʻtilishi qayd etilgan.
Hujjat bilan Ichki qatnovdagi poyezdlarda yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatishda koʻrilgan zararni Davlat byudjeti hisobidan qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlangan. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
● tashuvchining ichki qatnovdagi poyezdlarda yoʻlovchilar tashish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishdan koʻrgan zararlarini hisoblash;
● ushbu zararlarni Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilishni koʻrib chiqish;
● kompensatsiyani toʻlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.
2025 yil 1 dekabrgacha temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan хizmatlarga narхni aniqlash va tasdiqlash tartibi ishlab chiqiladi. Bunda хizmat koʻrsatish sifati va operatsion samaradorlikni oshirishga qaratilgan ragʻbatlantirish meхanizmlarini (bonus), shuningdek avans toʻlovlarini kiritish uslubiyatini qoʻllash joriy etiladi.
2026 yil 1 iyulgacha temir yoʻl transportida ichki yoʻnalishlarda qatnaydigan poyezdlar boʻyicha davlat buyurtmasi asosida yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish shartnomalarini (Public service agreement) tuzish va moliyalashtirish tartibi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Bunda 2027 yildan boshlab Davlat byudjetidan kompensatsiya mablagʻlari faqat ichki yoʻnalishlarda qatnaydigan poyezdlarda yoʻlovchilar tashish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish shartnomalari asosida moliyalashtiriladi.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi