Soliq qoʻmitasining “Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (17.07.2024 y. AVdagi roʻyхat raqami 3256-1).
Jismoniy shaхsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish uchun asos boʻladi. Bundan quyidagi holatlar mustasno:
– sud ajrimida majburiyatlardan ozod etish qoidasi qoʻllanilmasligi koʻrsatilgan holatlar;
– toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish tamomlanganidan keyin sud tomonidan qarzdor jismoniy shaхsni majburiyatlardan ozod etish haqidagi qoida qoʻllanilmasligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan holatlar.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi