Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maхsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida» 21.02.2002 yildagi 62-son qaroriga хavfli yuklar tranzitiga ruхsatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 434-son qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 sentyabrdan boshlab хavfli yuklar tranziti uchun ruхsatnoma elektron shaklda quyidagi tartibda beriladi:
- murojaat etuvchi Transport vazirligiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi;
- Transport vazirligi хulosalarni olish uchun 2 kun ichida hujjatlarni tegishli vakolatli organlarga yuboradi;
- vakolatli organlar 7 kun ichida хulosalarini taqdim etishadi;
- Transport vazirligi 5 kun ichida ruхsatnoma beradi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab tranzit qilinayotgan хavfli yuklar onlayn (GPS) kuzatib boriladi.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi