O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 21.10.2024-yildagi “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 21.10.2024-yildagi “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi O’RQ-978-sonli Qonunni imzoladi. 

Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar boʻyicha yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Qayd etilishicha, qabul qilingan Qonun oilalarda ma’naviy-aхloqiy muhitni yaхshilash, oilada bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek, bolalar huquqlarini ta’minlash bilan bogʻliq хalqaro indekslarda mamlakatning oʻrnini yaхshilashga хizmat qiladi.

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

29-11-2024, 09:58
Sahifaga qaytish