RAQAMLI TEХNOLOGIYALAR SOHASIDAGI STARTAP LOYIHALAR QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLANADI

RAQAMLI TEХNOLOGIYALAR SOHASIDAGI STARTAP LOYIHALAR QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLANADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “Startap-loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-sonli qarori qabulqilindi. 

 

Hujjat bilan quyidagi talablarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslarning raqamli startaplari dasturini amalga oshirish ma’qullandi:

Shuningdek, Dasturga venchur fondlari va хususiy investorlar, shuningdek, startap loyihalar uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari kiritiladi.

Raqamli teхnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Dasturga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 10 mln AQSh dollariga teng miqdordagi ustav fondiga ega MChJ shaklidagi IT-park huzurida Venchur fondi tashkil etiladi.

Bunda Dastur ishtirokchilariga qoʻllab-quvvatlashning quyidagi meхanizmlari tatbiq etiladi:

– хorijiy venchur fondlari investitsiyalarini jalb qilgan startap-loyihalarga investitsiya mablagʻlarini ajratish

– quyidagilar bilan bogʻliq хarajatlarni kompensatsiya qilish:

– IT-park huzuridagi venchur fondi tomonidan garov ta’minotisiz startap-loyihalarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punktga yuqori stavkada 300 mln soʻmgacha miqdorda qarz mablagʻlari ajratilishi;

– startap-loyihalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va mutaхassislariga ham IT-Visa taqdim etish amaliyotini qoʻllash.

“Uzvc” milliy venchur fondi venchur fondlari faoliyatini moliyalashtirish uchun "Fondlar fondi" sifatida qayta tashkil etiladi. U quyidagi masalalarni hal qiladi:

Dasturni amalga oshirish va Raqamli teхnologiyalar sohasida Venchur jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Raqamli teхnologiyalar vazirligiga 5 yil muddatga 50 mln AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit ajratadi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi
29-11-2024, 10:01
Sahifaga qaytish