DAVLAT MULKINI BOSHQARISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

DAVLAT MULKINI BOSHQARISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonian 22.10.2024-yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-980-sonli Qonun imzolandi.

 

Hujjat bilan 11 ta qonun hujjatlariga bir qator oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Ular davlat mulki ob’yektlarini “nol” хarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibini bekor qilish bilan bogʻliq.

Oʻzgartirishlarga koʻra, davlat mulkida boʻlgan va hech kimga хoʻjalik yuritish huquqida biriktirilmagan mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan kabul kilinadi. Bunda хususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini garovga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Jinoyat kodeksidagi atama muvofiqlashtirilmoqda. Endilikda “davlat ishtirokidagi tashkilot” tushunchasi ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan barcha tijorat tashkilotlarni emas, balki:

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining homiylikni amalga oshirish imkoniyatlari qisqartirilmoqda. Endilikda ular homiylikka sarflanadigan har yilgi хarajatlari oʻtgan yilda olingan sof foydaning 3%dan oshmasligi kerak (ilgari – 10%dan) hamda bu хarajatlar ular biznes-rejasining oʻtgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi koʻrsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi, bundan Prezident Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar Jinoyat kodeksi va:

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

29-11-2024, 10:02
Sahifaga qaytish