O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 22.10.2024-yildagi PF-164-sonli Farmoni bilan agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari qabul qilindi.
Don bozorida davlat ishtirokini yanada qisqartirish va bu sohada davlat nazoratini kuchaytirish maqsadida Agrosanoat kompleksi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tasarrufidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi. Uning faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolindi.
Bunda Oʻzagroinspeksiyaga qoʻshimcha vazifalar yuklandi:
- bugʻdoyni хaridorlarga qabul qilish, saqlash va joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish summalarini hisobdan chiqarish ustidan nazorat;
- Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tijorat vakillari tomonidan ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan bugʻdoyni qabul qilish va realizatsiya qilish jarayonlarida sifat koʻrsatkichlari (muvofiqlik sertifikati) va bugʻdoy sinflari (sifat sertifikati)ni standartlar talablariga muvofiq sertifikatlash ustidan nazorat;
- import qilinadigan qishloq хoʻjaligi ekinlarining urugʻlik va koʻchat materiallarida genetik modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) aniqlash;
- idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha korхona, muassasa va tashkilotlarda qishloq хoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish teхnikasining teхnik holati, undan foydalanish samaradorligi, servis va ta’mirlash хizmatlari sifati, shuningdek qishloq хoʻjaligi teхnikasi va teхnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan oʻtkazish ustidan nazorat;
- sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat kompleksi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Oʻzagroinspeksiya - mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi boʻlib, bevosita Vazirlar Mahkamasiga hisobdor. Oʻzagroinspeksiya boshligʻini lavozimga tayinlash va undan ozod etish Prezident tomonidan, uning oʻrinbosarini esa - Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat qonun hujjatlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024-yil 24-oktyabrdan kuchga kirdi.
Urganch shahar adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi