TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turistik yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-646-sonli qarori qabul qilindi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024-yildagi “Respublikaga хorijiy turistlar oqimini keskin darajada koʻpaytirish va ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmoniga muvofiq “Toʻrt faslning har birida sayohat” turistik mavsumlarini ochish doirasida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turistik yarmarkasi tashkil etiladi.

Ichki turistik yarmarka 2024-yilda Toshkent shahrida Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2025-yildan boshlab esa - respublika hududlarida unda ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari, shuningdek mahalliy byudjetlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oʻtkaziladi.

Hujjatda turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida har yili quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024-yil 8-oktyabrdan kuchga kirgan.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

29-11-2024, 10:09
Sahifaga qaytish