MUHTOJ FUQAROLARGA IPOTEKA BOʻYICHA SUBSIDIYALAR QANDAY BERILADI

MUHTOJ FUQAROLARGA IPOTEKA BOʻYICHA SUBSIDIYALAR QANDAY BERILADI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2024-yildagi 691-sonli qarori bilan “mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslarga ipoteka kreditlarini berish tartibi tasdiqlandi.

 

Prezidentning 30.04.2024-yildagi PF-70-sonli farmoniga muvofiq “mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslarga ipoteka beriladi.

Tasdiqlangan Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslar uchun kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulk huquqini davlat reyestriga oʻtkazish bilan bogʻliq yigʻimlar va toʻlovlar qiymati 50 foizga qisqartirilgan.

Subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali ajratiladi.

Qarz oluvchilar quyidagi mezonlarga mos boʻlishi kerak:

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024-yil 24-oktyabrdan kuchga kirdi. 

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

11-12-2024, 10:59
Sahifaga qaytish