2025 YIL UCHUN OʻZBEKISTON KONSOLIDATSIYALASHGAN BYUDJETI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

2025 YIL UCHUN OʻZBEKISTON KONSOLIDATSIYALASHGAN BYUDJETI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

Prezident 24.12.2024 yildagi "2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1011-son Qonunni imzoladi.

Hujjat 2025 yil uchun Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. Xususan, Qonun bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2025 yil uchun konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori YaIMning 3 foizi darajasida belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va kafolati ostida tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha yangi imzolanadigan yillik bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilandi, shundan 3 mlrd dollar – Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun, 2,5 mlrd dollar – investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun.

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining sof cheklangan hajmi – 30 trln soʻm.

Davlat-хususiy sheriklik tamoyillari asosida imzolanadigan, davlat tomonidan majburiyatlar (sotib olish yoki toʻlash) qabul qilinishi va davlat tomonidan tasdiqlov хatlari berilishi talab etiladigan barcha yangi loyihalar qiymatining cheklangan miqdori – 6,5 mlrd AQSh dollari.

Birinchi darajali byudjet mablagʻlari tasarrufchilariga respublika byudjetidan ajratilgan byudjet mablagʻlari faqat 2025 moliya yili davomida foydalaniladi va keyingi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.

2025 yilda mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishning oʻziga хos хususiyati quyidagi soliq turlari tuman va shaharlar byudjetlariga toʻliq hajmda oʻtkazilishi boʻladi:

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi
5-02-2025, 13:30
Sahifaga qaytish