ADVOKATLAR STATISTIK MA’LUMOTLARNI QANDAY TAQDIM ETADILAR

ADVOKATLAR STATISTIK MA’LUMOTLARNI QANDAY TAQDIM ETADILAR

Adliya vazirining "Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi roʻyхatdan oʻtkazildi (23.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 3588-son).

Advokatlik tuzilmasi rahbari statistik ma’lumotlarni "Yuridik yordam" aхborot tizimi orqali Advokatlar palatasining tegishli hududiy boʻlinmasiga taqdim etadi.

Bunda birinchi hisobot davri uchun ma’lumotlar 10 iyulgacha, ikkinchi davr uchun – 10 yanvargacha taqdim etiladi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar tizimda 15 yil saqlanadi.

Statistik hisobot shakli bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

5-02-2025, 13:31
Sahifaga qaytish