OʻZBEKISTONLIKLAR YANGI YILDA NECHA KUN DAM OLADILAR

OʻZBEKISTONLIKLAR YANGI YILDA NECHA KUN DAM OLADILAR

Prezident 24.12.2024 yilda "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PQ-452-son qarorni imzoladi.

Hujjatga koʻra:

● 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun 2025 yil 4 yanvar (shanba) dam olish kuni 2 yanvar (payshanba) kuniga koʻchiriladi.   

● 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlari uchun 2 yanvar (payshanba) qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar olti kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar esa ketma-ket besh kun dam oladilar:  

● 28 dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun ish kuni);

● 29 dekabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni;

● 30 dekabr (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;

● 31 dekabr (seshanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;

● 1 yanvar (chorshanba) – bayram dam olish kuni;

● 2 yanvar (payshanba) – 5 kunlik ish haftasi хodimlari uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi хodimlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

5-02-2025, 13:32
Sahifaga qaytish