PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI JORIY ETILMOQDA

PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi "Maktabgacha va maktab ta’limi хodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi VMQ-867-son qarori qabul qilindi.

21.06.2024 yildagi PQ-231-son Prezident qaroriga muvofiq 2025 yil 1 yanvardan boshlab    uzluksiz kasbiy rivojlanish vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — ta’lim tashkiloti)  joriy etiladi. U maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarining kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlariga asoslangan.

Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlari uchun ishdan ajralgan holda har besh yilda bir marta oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik oʻquv kurslari asosida, pedagog kadrlar va mutaхassislar uchun esa ularda zamonaviy malakalarni shakllantirishga qaratilgan variativ (tanlov) va invariant (majburiy) modullardan iborat ta’lim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.

Hujjat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

Uzluksiz kasbiy rivojlanishning asosiy vazifalari: 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

5-02-2025, 13:33
Sahifaga qaytish