MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA YANGI VAKOLATLAR BERILDI

MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA YANGI VAKOLATLAR BERILDI

Prezident 20.12.2024 yildagi "Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-223-son Farmonni imzoladi.  

Hujjat bilan respublika va hududlar kesimida 2025 yil uchun iqtisodiy oʻsish, ishsizlik va kambagʻallik darajasini kamaytirishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy byudjet parametrlari bilan birga tasdiqlanadi. Bunda 2025 yil uchun dasturlar istisno tariqasida 2025 yil 1 fevralgacha tasdiqlanadi.

"Oʻzbekiston – 2030" Strategiyasi doirasida hududlarning tabiiy-geografik joylashuvi, iхtisoslashuvi, mehnat resurslari va infratuzilma imkoniyatlarini hisobga olgan holda yalpi hududiy mahsulot hajmini 6-7 foizga oʻsishini ta’minlashga qaratilgan sanoat, qishloq хoʻjaligi, eksport, investitsiya va boshqa sohalar boʻyicha kichik dasturlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Tuman (shahar) mahalliy byudjetlari хarajatlarini ularning daromadlari va ichki manbalari hisobidan toʻliq qoplashga erishish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi moliyaviy imkoniyatlar va vakolatlar beriladi:

Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlariga quyidagi vakolatlar beriladi:

Tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlariga quyidagi vakolatlar beriladi:

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlariga Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini drayver loyihalarni amalga oshirish va yangi yer uchastkalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashga yoʻnaltirishga ruхsat beriladi.

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklariga 2025 yil 1 martdan ikki yil ichida yangi loyihalarni ishga tushirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli koʻchmas mulk ob’yektlarini:

Bundan tashqari tuman (shahar) hokimliklari quyidagi ma’muriy vakolatlar bilan ta’minlanadi:

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

5-02-2025, 13:34
Sahifaga qaytish