OʻZAGROINSPEKSIYANING VAZIFALARI KENGAYTIRILDI

OʻZAGROINSPEKSIYANING VAZIFALARI KENGAYTIRILDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 22.10.2024-yildagi PF-164-sonli Farmoni bilan agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari qabul qilindi.

Don bozorida davlat ishtirokini yanada qisqartirish va bu sohada davlat nazoratini kuchaytirish maqsadida Agrosanoat kompleksi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tasarrufidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi. Uning faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolindi.

Bunda Oʻzagroinspeksiyaga qoʻshimcha vazifalar yuklandi:

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat kompleksi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Oʻzagroinspeksiya - mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi boʻlib, bevosita Vazirlar Mahkamasiga hisobdor. Oʻzagroinspeksiya boshligʻini lavozimga tayinlash va undan ozod etish Prezident tomonidan, uning oʻrinbosarini esa - Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

11-02-2025, 09:46
Sahifaga qaytish