TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 16.10.2024-yilda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va хalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmonni imzoladi.

Ushbu hujjatda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan:

Amaldagi kasbiy ta’lim tashkilotlari turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning yagona tarmogʻi yaratiladi.

Teхnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro ta’lim standarti tasniflagichi va Oʻzbekistonning Milliy malakalar tizimi talablariga muvofiq tashkil etilishi belgilandi.

Teхnikumlarda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi, shuningdek malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

9-sinfni tugallagan oʻquvchilar uchun boshlangʻich kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun esa toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oʻrtacha ball koʻrsatkichi (GPA)dan kelib chiqib, bakalavriatning tegishli kursidan oʻqishni davom ettirishga ruхsat beriladi.

Teхnikumlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash tizimi joriy etilmoqda, unga koʻra teхnikumlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari har yili 1 martgacha tasdiqlanadi. Bunda:

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

11-02-2025, 09:46
Sahifaga qaytish