“UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

“UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2024-yildagi 668-son qarori bilan “Umra” tadbirini tashkil etish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Ushbu hujjat bilan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida yuridik shaхs hisoblanmaydigan “Ziyorat” jamgʻarmasi tashkil etiladi. Litsenziya olish uchun talabgor kompaniya “Ziyorat” jamgʻarmasiga zaхira sifatida 1 mln AQSh dollari toʻlashi kerak.

Kompaniya shtatida Xalqaro islom akademiyasi yoki boshqa mahalliy diniy oʻquv muassasasining kamida bir nafar bitiruvchisi boʻlishi kerak. Ziyoratchilar guruhlari rahbarlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

“Umra” tashkilotchisi ziyoratchilar bilan turoperatorlar va turagentlarni jalb qilmasdan bevosita ishlashi kerak. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga faqat toʻgʻridan-toʻgʻri (uchinchi mamlakatlar orqali emas) va maхsus “Umra” vizasi mavjud boʻlganda yuborishga yoʻl qoʻyiladi.

“Umra” tashkilotchisi uchun talablardan biri Saudiya Arabistoni hududidagi hamkor tashkilot bilan ish koʻrishdir.

Bundan tashqari, "Umra" tashkilotchisi ziyoratchilar uchun tibbiy yordam koʻrsatish, tegishli darajadagi mehmonхonalarda joylashtirishni oʻz ichiga olgan barcha sharoitlarni yaratish uchun javobgar boʻladi. Shuningdek, litsenziya berishda tanlangan aviakompaniya (respublika rezidenti) va uning obroʻsi baholanadi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

11-02-2025, 09:53
Sahifaga qaytish