DAVLAT ХARIDLARI TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

DAVLAT ХARIDLARI TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi “2025-2027-yillarda davlat хaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 865-son qaror qabul qilindi.

Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:

Strategiyani alohida bobi shikoyatlarni koʻrib chiqishning zamonaviy tizimini yaratishga bagʻishlangan. Ushbu maqsadlarda alohida elektron tizim yaratiladi.

Vujudga kelgan nizolarni sudgacha hal qilish boskichi sifatida murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash uchun qonunchilikda "muhokama davri" koʻzda tutiladi. Bunda gʻolib aniqlangan paytdan boshlab shartnoma tuzilgunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida sudgacha shikoyat beruvchilar va хaridlar ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, shikoyatni koʻrib chiqish natijalaridan norozi boʻlgan taraflarning sudga da’vo kiritish jarayonlarini soddalashtirish koʻzda tutilmoqda.

Hujjat bilan shuningdek Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

11-02-2025, 10:44
Sahifaga qaytish