KELGUSI IKKI YILDA MAMLAKATNING IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASI QANDAY RIVOJLANADI

KELGUSI IKKI YILDA MAMLAKATNING IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASI QANDAY RIVOJLANADI

Prezidentning 24.12.2024-yildagi "2025-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-454-sonli Qarori qabul qilindi.

2025-2027 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hokimliklar, vazirlik va idoralar takliflari asosida ishlab chiqilgan, mahalliy хalq deputatlari Kengashlari tomonidan ma’qullangan.

Uning ustuvor yoʻnalishlari:

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

Dastur doirasidagi yangi ob’yektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi loyihalashtirilayotgan binolarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan energiya tejovchi teхnologiyalar va qurilmalardan foydalanishni oʻz ichiga olgan zamonaviy standartlarni keng joriy etish, shuningdek ekologik toza va samarador qurilish materiallaridan foydalanish hisobga olinmagan hollarda oʻtkazilmaydi.

2025-yil 1-iyulgacha innovatsion loyiha yechimlari va zamonaviy qurilish materiallaridan foydalangan holda namunaviy va takroran qoʻllaniladigan loyiha hujjatlarining elektron kataloglari yaratiladi, ular "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimiga joylashtiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

11-02-2025, 10:45
Sahifaga qaytish