AGROSANOAT SOHASIDA QATOR HUJJATLAR TOʻPLAMI TASDIQLANDI

AGROSANOAT SOHASIDA QATOR HUJJATLAR TOʻPLAMI TASDIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 23.04.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 255-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Shuningdek, Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan respublikadagi yangi bogʻlarni tijorat banklari orqali moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda yangi bogʻ va tokzorlar barpo etish, meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy usulda saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish loyihalari uchun kreditlar ajratish nazarda tutilgan.

Loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga milliy valyutadagi kredit mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz band yuqori boʻlgan stavkada (shu jumladan, tijorat bankining 4 foizlik marjasi) uch yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

Kredit mablagʻlari kredit oluvchiga:

Bundan tashqari, quyidagilar tasdiqlanmoqda:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

5-05-2025, 17:32
Sahifaga qaytish