XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH BOʻYICHA FAOLIYAT ISLOH QILINMOQDA

XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH BOʻYICHA FAOLIYAT ISLOH QILINMOQDA

Prezident tomonidan 19.03.2025 yildagi "Umummilliy totuvlik va хorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-52-son Farmon va 19.03.2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va хorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-115-son qaror imzolandi.

Farmon bilan jamiyatda umummilliy totuvlikni va хorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning quyidagi ustuvor vazifalari belgilandi:

Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi negizida Millatlararo munosabatlar va хorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita tashkil etildi.

Qoʻmita bevosita Prezident Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

Prezident Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari deb qayta nomlandi.

Har yili quyidagilar oʻtkaziladi:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 

5-05-2025, 17:58
Sahifaga qaytish