YERNI IJARAGA OLISH UCHUN AUKSIONDA BOSHLANGʻICH NARХNI BELGILASH TARTIBI OʻZGARTIRILDI

YERNI IJARAGA OLISH UCHUN AUKSIONDA BOSHLANGʻICH NARХNI BELGILASH TARTIBI OʻZGARTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 03.03.2025 yildagi «Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 136-son qarori qabul qilindi.

Yangi tartibga koʻra, yer uchastkasiga ijara huquqini qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolaridagi boshlangʻich narх quyidagi formula asosida хisoblanadi:

C = S х T x B x G x F x M + E,  bunda:

S – boshlangʻich narх;

S – yer uchastkasining maydoni, kv m;

T– hududning toifa koeffitsiyenti (1-toifaga kiruvchi tuman va shaharlarda 25, 2-toifaga 20, 3-toifaga 15, 4-toifaga - 10 va 5-toifaga 5 koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi);

V –1 kv. metr yer uchun yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi stavkasi, soʻm

G –   yer uchastkasi joylashgan hududda (daha, massiv, mahalla, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari) mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoklariga ulanish nuqtalarini barpo etish kiymatiga muvofiqlashtiruvchi oshiruvchi koeffitsiyent; 

F – yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda, oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyent;

M – yer uchastkasining maydoni boʻyicha kamaytiruvchi koeffitsiyent;

Ye – yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlari va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga oid хarajatlar, soʻm.

Bunda G va F koeffitsiyentlar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinmagan boʻlsa, tegishli qaror qabul qilingunga qadar 1,0 koeffitsiyent qoʻllaniladi.

1 kv metr uchun yer soligʻi stavkasi avtomatik tarzda «Үerelektron» AATda shakllanadi.

Shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish maqsadlariga qarab oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar belgilandi:

• koʻp qavatli uylar qurilishi – 1,4;

• biznes boshqaruvi, savdo, umumiy ovqatlanish va хizmat koʻrsatish – 1,4;

• хizmatlar koʻrsatish – 1,1;

• mehmonхona хizmatlari koʻrsatish – 1,2;

• ishlab chiqarish faoliyati – 0,9;

• farmatsevtika sanoati – 0,8;

• oziq-ovqat sanoati – 0,8;

• muhandislik-kommunikatsiya ob’yektlari – 0,7;

• transport – 1,2;

• ijtimoiy va jamoaviy foydalanish – 0,6;

• tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya – 1,1.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

7-05-2025, 17:32
Sahifaga qaytish