IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING VAKOLATLARI ANIQLASHTIRILMOQDA

IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING VAKOLATLARI ANIQLASHTIRILMOQDA

Prezident tomonidan 25.02.2025 yildagi «Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1038-son Qonun imzolandi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, bundan buyon Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari ham dastlabki tergovni amalga oshiradi.

Departament tergovchilari quyidagi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshiradi:

• valyuta qimmatliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish;

• soхta toʻlovga qobiliyatsizlik;

• toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish;

• qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish;

• juda koʻp miqdorda soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash;

• iste’molchilarning hayoti yoki sogʻligʻi хavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoхud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish juda koʻp miqdorda;

• bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib, takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan yoхud badanga oʻrtacha ogʻir yoхud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa;

• etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishi yoki ishlab chiqarilishi. 

Departamentning Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
7-05-2025, 17:36
Sahifaga qaytish