
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentabrdagi tegishli qarori bilan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasportiga o‘zgartish kiritildi.
Unga ko‘ra,10 dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda 15 ta tuman (shahar) hududidagi dorixonalar “Elektron retsept” moduli orqali ishlashi shart deb belgilandi.Sodda qilib tushuntirilsa, endilikda ayrim dorilar shifokorning elektron retseptisiz berilmaydi. Bemor avvaliga oilaviy poliklinikada biriktirilgan shifokoriga murojaat qiladi. Shifokor unga dori yozib, retseptini DMED nomli tibbiy axborot tizimiga kiritadi.
Maxsus retseptda elektron imzo yoki QR-kod ko‘rsatiladi. Dorixonachilar uni skaner qilish orqali tizimdan mahsulot nomini ko‘rishi, shu asosda mijozga sotishi mumkin.