

Bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi xodimlar oʻrtasida “Sogʻlom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi kubogi uchun sport musobaqalari Urganch shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari oʻrtasida tashkil etildi. Tadbirda soʻzga chiqqan mas'ullar-bunday sport tadbirlari xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoada doʻstona muhitni mustahkamlash, tibbiyot sohasida samaradorlikni yanada yuksaltirishga xizmat qilishini alohida ta'kidlab oʻtishdi. Sport musobaqalari stol tennis, shashka, shahmat, mini futbol, valebol yoʻnalishlarida olib borildi. Gʻolib jamoalar UShTB kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalar bn tagdirlandi. Ushbu tadbir Urganch shahar tibbiyot birlashmasi, Urganch shahar sport maktabi, UShTB kasaba uyushmasi, “Yoshlik sport” majmuasi kabi tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Jarayondan lavhalar foto tarzida.
https://t.me/salomatliksaboqlari_urganch