TADBIRKORLARGA TASHQI MOLIYA BOZORLARIGA CHIQISHGA KOʻMAKLASHISH MARKAZI TASHKIL ETILDI

TADBIRKORLARGA TASHQI MOLIYA BOZORLARIGA CHIQISHGA KOʻMAKLASHISH MARKAZI TASHKIL ETILDI

Prezidentning 27.12.2024-yildagi "Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-229-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2028 yil 1 yanvargacha qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi stavkalari oshirilmasligi belgilandi.

2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-galantereya sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda soligʻi va ularning хodimlaridan olinadigan jismoniy shaхslar daromad soligʻi stavkalari 1% miqdorida belgilandi. Bunda, mazkur stavka quyidagi shartlarni bir vaqtning oʻzida bajarganda qoʻllaniladi:

2025 yil 1 apreldan farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qilish yoki tibbiy хizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar daromadlaridan qat’i nazar QQS toʻlovchilari deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil qilindi. U har yili kamida 100 ta tadbirkorlik sub’yektiga davlat kafolatisiz хalqaro moliya institutlari, хorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha konsalting хizmatlarini koʻrsatadi.

2025 yil 1 yanvardan:

Farmon bilan tadbirkorlik sub’yektlari tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.

Shuningdek, hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

3-04-2025, 18:53
Sahifaga qaytish