OʻQUV MUASSASALARI OSHХONALARI «E-AUKSION» ORQALI IJARAGA BERILADI

OʻQUV MUASSASALARI OSHХONALARI «E-AUKSION» ORQALI IJARAGA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025 yildagi «Davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2016 yil 2 maydagi 132-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi VMQ-8-son qarori qabul qilindi.

Oʻzgartirishlarga koʻra, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oshхonalari "E-auksion" tizimida oʻtkazilgan tanlov asosida ijaraga beriladi.

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

Bunda ijaraga oluvchi arizasiga ushbu talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalari va tegishli ma’lumotlarni ilova qiladi.

Tanlovda gʻolib deb e’tirof etilgan ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasi shu davrdagi oʻquv yili uchun tuziladi.

Majburiyatlarini muddatida va toʻliq bajarib kelayotgan ijaraga oluvchi bilan shartnoma muddati keyingi oʻquv yillariga uzaytirilishi mumkin.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

3-04-2025, 19:16
Sahifaga qaytish