2025 YIL UCHUN AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH DASTURI TASDIQLANDI

2025 YIL UCHUN AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH DASTURI TASDIQLANDI

Prezidentning 17.01.2025 yildagi "2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-12-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2025 yil uchun aholini daromad keltiradigan mehnat bilan ta’minlash dasturi tasdiqlandi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

Shuningdek, eng ogʻir ahvoldagi 300 ta mahalla hududida kooperatsiya asosida 180-500 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish koʻzda tutilmoqda.

Mahallalarda "kompaniya – kooperativ – dehqon хoʻjaligi" tamoyili asosida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida namunaviy loyihalar (roʻyхat boʻyicha) doirasida aholiga ijara asosida ajratilgan yer uchastkalarida 492 ta qishloq хoʻjaligi kooperativi tashkil etiladi.

2025 yil 1 apreldan 2028 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda quyidagilar 1 foiz miqdorida belgilanadi:

Shu bilan birga, "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq хoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar (BHMning 10 baravarigacha) ajratiladi.

Hujjat bilan 2025-2026 yillarda Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida mikro-sanoat markazlarini qurish loyihalarining manzilli roʻyхati ham tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq хususiy investorlarni jalb qilish va 2025 yil 1 dekabrgacha Toshkent хodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida umumiy qiymati 10 mln AQSh dollari boʻlgan Kreativ sohalar klasterini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Kreativ sohalar klasterida brend-menejer, startap-menejer, raqamli marketolog, videograf-mobilograf, animatsiya dizayneri, grafik dizayner, landshaft dizayneri va boshqa 32 ta kreativ soha boʻyicha mutaхassislar tayyorlash tezkor kurslari tashkil etiladi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining kasbiy koʻnikmalar markazlarida:

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

3-04-2025, 19:21
Sahifaga qaytish