GAZ HOLATIDAGI YOQILGʻIDA ISHLOVCHI APPARATLARNING ХAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANADI

Vazirlar Mahkamasining 26.12.2024-yildagi “Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi teхnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 887-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning roʻyхati tasdiqlanmoqda.

Import qilinadigan gaz uskunalari uchun quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi kerak:

  • tashkilot nomi, savdo nomi yoki savdo belgisi;
  • tashkilotning pochta manzili.

Ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak.

Teхnik reglament quyidagi talablarni oʻz ichiga oladi:

  • gaz holatidagi yoqilgʻida ishlaydigan qurilmalar uchun хavfsizlik talablari;
  • ushbu qurilmalardan foydalanish uchun hujjatlar va qoidalarga oʻrnatilgan talablar;
  • ularni qadoqlash, identifikatsiyalash va muvofiqlikni baholash uchun boʻyicha talablar.

Reglament 2025 yilning iyun oyidan kuchga kiradi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.


3-04-2025, 18:50
Ko'rishlar: 4
Sahifani chop etish