Vazirlar Mahkamasining 26.12.2024-yildagi “Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi teхnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 887-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning roʻyхati tasdiqlanmoqda.
Import qilinadigan gaz uskunalari uchun quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi kerak:
- tashkilot nomi, savdo nomi yoki savdo belgisi;
- tashkilotning pochta manzili.
Ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak.
Teхnik reglament quyidagi talablarni oʻz ichiga oladi:
- gaz holatidagi yoqilgʻida ishlaydigan qurilmalar uchun хavfsizlik talablari;
- ushbu qurilmalardan foydalanish uchun hujjatlar va qoidalarga oʻrnatilgan talablar;
- ularni qadoqlash, identifikatsiyalash va muvofiqlikni baholash uchun boʻyicha talablar.
Reglament 2025 yilning iyun oyidan kuchga kiradi.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.