Toshkentda 5-chi paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladi.
Ushbu hujjat bilan “Toshkent-2025” yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Xususan, dastur bilan koʻra Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vakillarini Oʻzbekistonga tashrifi va ularni Oʻyinlarni oʻtkazish ob’yektlari bilan tanishtirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek:
· IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;
· Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha boshqaruv kengashi tarkibi;
· Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha direksiya mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlanmoqda.
Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.