Toshkentda 5-chi paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladi.

Toshkentda 5-chi paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2024-yildagi “Toshkent-2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-avgustdagi 468-sonli Qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 198-son Qarori qabul qilindi.
 Ushbu hujjat bilan “Toshkent-2025” yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Xususan, dastur bilan koʻra Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vakillarini Oʻzbekistonga tashrifi va ularni Oʻyinlarni oʻtkazish ob’yektlari bilan tanishtirish nazarda tutilmoqda.
 Shuningdek:
·        IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;
·        Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha boshqaruv kengashi tarkibi;
·        Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha direksiya mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlanmoqda. 
 
Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
6-05-2024, 12:04
Sahifaga qaytish