ZARGARLIK SOHASI VA DAM OLISH MASKANLARIGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILMOQDA

Prezident tomonidan 13.05.2024yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-926-son Qonun imzolandi. 
Soliq kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra:
  • zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni respublika hududiga olib kirish QQSdan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi;
  • kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashkari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi хizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻidan ozod qilinadi.
Bundan tashkari «Turizm toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra,  kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilmoqda. 
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
21-06-2024, 17:07
Ko'rishlar: 11
Sahifani chop etish