Soliq kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra:
- zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni respublika hududiga olib kirish QQSdan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi;
- kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashkari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi хizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻidan ozod qilinadi.
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.