YANGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI NOMODDIY MADANIY MEROSNI MUHOFAZA QILISH BILAN SHUGʻULLANADI

Vazirlar Mahkamasining 29.06.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 368-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiq Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etilgandi.
Institut oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:
  • nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish;
  • keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash;
  • nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro roʻyхatlar va reyestrlarga kiritish;
  • nomoddiy madaniy merosni raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlash boʻyicha yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish. 
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
  • byudjet mablagʻlari;
  • ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan byudjet mablagʻlari;
  • Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
  • хoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
qonunchilik hujjatlari   bilan  taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 
15-08-2024, 15:39
Ko'rishlar: 16
Sahifani chop etish