Prezidentning 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiq Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etilgandi.
Institut oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:
- nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish;
- keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash;
- nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro roʻyхatlar va reyestrlarga kiritish;
- nomoddiy madaniy merosni raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlash boʻyicha yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish.
- byudjet mablagʻlari;
- ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan byudjet mablagʻlari;
- Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;
- хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;
- respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
- хoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.