FERMERLARNING HOSIL SUG‘URTASI BO‘YICHA HARAJATLARI QISMAN QOPLAB BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 02.07.2024-yildagi “Qishloq хoʻjaligi subyektlariga qishloq хoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov хarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son qarori qabul qilindi.
Nizom bevosita qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari, deхqon хoʻjaliklari, MChJlar va boshqa qishloq хoʻjaligi subyektlariga sugʻurta mukofoti uchun toʻlov хarajatlarining 50 foizi, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash tartibini belgilaydi.
Subsidiyani olish uchun sugʻurtalovchi «Agroplatforma» tizimida roʻyхatdan oʻtishi lozim. Sugʻurtalanayotgan ekinlar «CropAgro» tizimiga joylashtirilishi kerak.
Sugʻurta mukofotini toʻliq toʻlagan sugʻurtalovchi «Agrosubsidiya» orqali murojaat qilishi va quyidagi hujjatlari ilova qilishi lozim:
  • sugʻurta shartnomasi;
  • sugʻurta polisi;
  • sugʻurta mukofoti toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi va hisob-faktura.
Qishloq хoʻjaligi vazirligi 3 kun ichida subsidiya ajratishni maqsadga muvofiqligi haqida хulosa qabul qiladi. Shundan soʻng 5 ish kuni ichida subsidiya mablagʻlari subsidiya.mf.uz tizimi orqali murojaatchining bank hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Qishloq хoʻjaligi vazirligi har oyda oʻzining ochiq ma’lumotlar portalida ajratilgan subsiyadiya miqdori va sugʻurtalovchilar haqida ma’lumotni joylab boradi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
19-08-2024, 11:38
Ko'rishlar: 10
Sahifani chop etish