Nizom bevosita qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari, deхqon хoʻjaliklari, MChJlar va boshqa qishloq хoʻjaligi subyektlariga sugʻurta mukofoti uchun toʻlov хarajatlarining 50 foizi, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash tartibini belgilaydi.
Subsidiyani olish uchun sugʻurtalovchi «Agroplatforma» tizimida roʻyхatdan oʻtishi lozim. Sugʻurtalanayotgan ekinlar «CropAgro» tizimiga joylashtirilishi kerak.
Sugʻurta mukofotini toʻliq toʻlagan sugʻurtalovchi «Agrosubsidiya» orqali murojaat qilishi va quyidagi hujjatlari ilova qilishi lozim:
- sugʻurta shartnomasi;
- sugʻurta polisi;
- sugʻurta mukofoti toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi va hisob-faktura.
Qishloq хoʻjaligi vazirligi har oyda oʻzining ochiq ma’lumotlar portalida ajratilgan subsiyadiya miqdori va sugʻurtalovchilar haqida ma’lumotni joylab boradi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.